Jahon | 16:10 / 10.11.2015
4585
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada hamshira saratonga chalingan qizchani ikki hissa dori berib, o‘ldirib qo‘yay dedi

Olmaota shahrida o‘tkir leykozga chalingan 4 yoshli Mila Zaynidinova hamshira emlash chog‘ida uning tomirlariga dorini ikki hissa yuborgani tufayli og‘ir ahvolda muolajaga olindi. Bu haqda qizning onasi Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali xabar qildi.

“Qizim Milaga Koreyadan maxsus qutilarda “Vinkristin” kimyosini olib keladi, - deb yozadi ayol. – U 0.95 ml hajmida (1 kubikdan kamroq) tomirga yuboriladi. Ilgarigi kimyo muammo tug‘dirmagan edi, navbatdagi kimyo muolajasidan so‘ng bolam bola bo‘lmay qoldi. Bugungi kunga qadar Mila og‘riq azobida qichqirib yotibdi. Mustaqil ravishda, o‘tira, yura, karavotda ag‘darila olmaydi. 4 yoshli bola “Ketonal” qabul qilmoqda. Bugundan boshlab esa “Tramadol”!”.

Aytilishicha, hamshira adashib, unga katta yoshdagi odam dozasini, ya'ni 2 ml emlagan. Buning natijasida qizchada kuchli intoksikatsiya kelib chiqqan.
Xabarnomada ta'kidlanishicha, shifokorlar sarosimada, unga osma quyish talab qilinmoqda.

Natalya Zaynidinovaning ta'kidlashicha, voqea pediatriya institutida sodir bo‘lgan.
Ayol internet orqali barcha qozog‘istonliklardan yordam so‘radi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish