Sport | 14:19 / 10.11.2015
3931
2 daqiqa o‘qiladi

"Oq-tepa" jamoasi Toshkent shahrining Oliy ligadagi beshinchi vakiliga aylanishi mumkin

Birinchi Liganing so‘nggi turida Toshkent shahrining "Obod" jamoasi Namanganning "Kosonsoy" jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda toshkentliklar ishonchli 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi mavsumda oliy ligada qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa yangi mavsumda Toshkent shahridan Oliy Ligada 4ta jamoa bo‘lishi aniq bo‘ldi. 

Birinchi ligada Toshkentning yana bir vakili "Oq-tepa" ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ikkinchi o‘rinni olgan bu jamoa Oliy Ligada joriy mavsumda 15-o‘rinni egallaydigan jamoa bilan ikkinchi yo‘llanma uchun kurashadi.

Ayni vaqtda Oliy ligada eng quyi uchlikda "So‘g‘diyona" (26 ochko), "Dinamo" (24 ochko) va "Buxoro" (23 ochko) jamoalari joylashgan. 13-o‘rindagi "Andijon" o‘z o‘rnidan pasaymasligini ta'minlagan.

Agar "Oq-tepa" jamoasi o‘tish bahsida (pulka) g‘alaba qilsa, Oliy Liganing keyingi mavsumida Toshkent shahri vakillari soni 5ta bo‘ladi: "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Obod" va "Oq-tepa".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish