19:18 / 10.11.2015
4592

O‘zbekiston TIV Isroilning sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Toshkent shahridagi Isroil Davlati Elchixonasida Isroilning sobiq Prezidenti Isxoq Navon vafoti munosabati bilan Hamdardlik kitobi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar beradi.

2015 yilning 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.

Isxoq Navon 95 yoshida vafot etdi. Navon 1978—1983 yillarda Isroil prezidenti bo‘lgan, 1984 yildan 1992 yilgacha ta'lim va madaniyat vaziri sifatida ishlagan.

Top