O‘zbekiston | 12:14 / 10.11.2015
5152
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yana 2ta Talgo tezyurar poyezdlarini xarid qiladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Ochilboy Ramatov hamda Ispaniyaning Patentes Talgo S.L. kompaniyasi direktori Xose Maria de Oriol Fabra O‘zbekistonga 2ta Talgo tezyurar poyezdlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashdi.

AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, hujjatni imzolash marosimi Toshkentdagi investitsion forumda bo‘lib o‘tdi. “Kelishuvga 2015 yil martidagi tezyurar temir yo‘l harakati sohasidagi hamkorlik memorandumi asosida imzolandi.

Poyezdlarning bu partiyasi O‘zbekistonning individual buyurtmasiga asosan tayyorlanadi. Yangi sostavlar ilgarigilaridan shunisi bilan farq qiladiki, ularga ikkita qo‘shimcha vagon biriktiriladi”, - deb ta'kidladi “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakili.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish