Jahon | 23:52 / 10.11.2015
9301
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Rossiya AQShning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimining Yevropada joylashtirilishiga qarshi javob choralari ko‘radi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQShning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimining Yevropada joylashtirilishiga qarshi o‘zining yadroviy kuchlari salohiyatini mustahkamlash uchun javob choralari ko‘radi, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Putin Rossiya mudofaa-sanoat majmuasidagi vaziyat bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda aytib o‘tdi.

“Rossiya strategik yadroviy kuchlar salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha zaruriy javob choralari ko‘radi. Raketaga qarshi mudofaa tizimi ustida ham ishlaymiz”, deb aytdi Putin.

Putin AQSh raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimining kengaytirilishi global barqarorlik tizimini beqarorlashtirish uchun qaratilgan deb aytdi. Putinning aytishicha, Rossiya istalgan raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimidan kecha olishga qodir bo‘lgan zarba beruvchi tizimlarni rivojlantiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish