12:45 / 10.11.2015
5361

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri: 2015 yil hosilining bir qismi qor ostida qolib ketdi

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri Asiljon Mamitbekov mamlakatning ayrim hududlarida hosilning bir qismi qor ostida qolganini tan oldi. Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari internetga hali g‘alla yig‘ib olinmay qor ostida qolib ketgan dalalar aks etgan videolavhalarni joylashtirgan edi.

“O‘ylashimcha, bunday faktlar bor, - ta'kidladi Mamitbekov. – Vazirlik xususiy biznes uchun javob bera olmaydi. Ko‘p hollarda texnikasi yo‘q fermerlarning hosili qor ostida qoldi. Yoki texnika yetishmasa. Va havo yomonligi uchun hosil yig‘ish imkoni bo‘lmayapti. Fermer unga kombayn kerakligini bilmaydi deb o‘ylaysizmi? U juda yaxshi biladi. Boshqa masala shundaki, hali bizda yetarli sharoitlar yaratilmagan”.

Top