10:21 / 10.11.2015
3407

Ronaldu: FIFA prezidenti bo‘lishga layoqatli emasman

Portugaliya terma jamoasi va "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajakda FIFA prezidentligi uchun kurashish niyati yo‘qligini aytib o‘tdi. Uning so‘zlari Reyter nashrida keltirilgan.

"Men o‘z saviyamni past baholamoqchi emasman. Ammo FIFA prezidentligi uchun kurashishga layoqatim yetmasligini tan olaman. Kelajagim meni tashvishga solmaydi. Jismoniy holatim yana ko‘p yillar davomida yuqori saviyada to‘p surish imkonini beradi.

Uzoq kelajak haqida gapiradigan bo‘lsam, menda FIFA prezidenti bo‘lishdan ko‘ra qiziqroq loyihalar mavjud", - deydi Ronaldu Londonda o‘zi ishtirokidagi hujjatli film premerasidan oldin.

Top