15:02 / 10.11.2015
10905

Ronaldu haqidagi hujjatli filmning premerasi o‘tkazildi (foto+video)

9 noyabr kuni "Real" jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tdi.

Film premerasi London shahridagi "Uembli" stadionida o‘tkazildi va unga sport va san'at olamining eng taniqli insonlari tashrif buyurdi.

Tadbir kechasining bosh qahramoni Krishtianu Ronaldu o‘zi haqidagi bu filmdan to‘la qoniqish hosil qilgani haqida aytib o‘tgan.

"Qanday ajoyib oqshom! Bu ajoyib oqshomni shunday ajoyib kishilar qurshovida o‘tkazayotganimdan xursandman. O‘zim haqimdagi bu film menga juda yoqdi. Sizga ham yoqarmikan?", deya o‘z instagramida yozadi Ronaldu.

Universal studiyasi bilan hamkorlikda ishlangan bu film 9 noyabr kuni prokatga chiqarildi.

Film premerasiga futbolchining "Manchester Yunayted"dagi bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson, "Real" jamoasidagi sobiq ustozlari Joze Mourino hamda Karlo Anchelotti ham hozir bo‘lishgan.

 

Top