Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Kuvayt maqsadlar haqida memorandum imzolashdi
Rossiyaning “Rosoboronekport” korxonasi va Kuvayt Mudofaa vazirligi 10 noyabrda maqsadlar haqida memorandum imzolashdi.
Hujjatning imzolanishi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sochida Kuvayt amiri Saboh Al-Ahmad As-Saboh bilan o‘tgan muzokaralari natijalariga ko‘ra bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq Kuvayt elchixonasida muzokaralardagi mavzulardan biri harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish bo‘lishi aytilgandi.
Bir qator harbiy ekspertlarning fikricha, Kuvayt zamonaviy qurol-aslaha sotib olishga qiziqish bildirmoqda va istiqbolda Rossiya bilan S-300 zenita-raketa majmualari, 4++ avloddagi Su-35 qiruvchi samolyotlari, turli vertolyot va boshqa harbiy texnika sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolashi mumkin.
Tahlilchilarning aytishlaricha, Kuvayt Rossiyaning harbiy-texnik hamkorlik sohasidagi ko‘p yillik ishonchli hamkorlaridan hisoblanadi va uning harbiy texnika sotib olish borasidagi istalgan so‘rovi maksimal qisqa muddatlar ichida ko‘rib chiqiladi.