Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada IShIDning mahalliy bo‘linmasi boshlig‘i o‘ldirildi
Nalchikda IShID terrorchilik tashkilotining mahalliy bo‘linmasi boshlig‘i Robert Zankishiyev yo‘q qilindi. Bu haqda 10 noyabr kuni Kabardino-Balkariya kuch tuzilmalari manbasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Olib borilgan maxsus operatsiya vaqtida Zankishiyevning rafiqasi yarador bo‘lgan. Ayol uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng taslim bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari orasida halok bo‘lgan va yaradorlar yo‘q.
2015 yilning 3 avgust kuni Kabardino-Balkariya poytaxtida olti kishidan iborat jangarilar guruhi yo‘q qilingan edi. Yana bir xuddi shunday guruh shaharda 23 iyul kuni yo‘q etilgan edi.