Runi restlerning yuziga urib, uni yerga yiqitdi
"MYu" jamoasi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Manchester shahrida o‘tkazilgan restling-shouni tomosha qilish uchun tashrif buyurdi. Bu haqda Bleacherreport nashrida yozilgan.
Restlerlardan biri Styuart Bennett ringga ko‘tarilishidan oldin tomoshabinlar orasidagi Ueyn Runiga yaqinlashgan va uning ko‘kragiga urib, "Runining o‘g‘li omadsiz otasini ko‘rishidan afsuslanishini" bildirgan. Shunda Runi uning yuziga qattiq urib yuborgan va restler yerga yiqilib tushgan.
Shu yilning fevralida aynan Styuart Bennett Runini jangga chaqirgandi. U bunga asos sifatida Runi tomonidan Angliya Kubogi turniri doirasida o‘tkazilgan o‘yinda Bennettning hamshahariga nisbatan nomunosib harakat qilganini keltirib o‘tgandi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Runi "MYu" safida 18 o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol urdi. U sentabr oyida terma jamoa safida o‘zining elliginchi golini urib, Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.