O‘zbekiston | 15:37 / 10.11.2015
5286
1 daqiqa o‘qiladi

Rustam Azimov: 2020 yilga qadar O‘zbekiston eksport hajmini 25 mlrd dollarga olib chiqadi

2020 yilga qadar O‘zbekistonning eksport ko‘rsatkichi 1.5 barobarga o‘sib, 25 mlrd dollarga yetadi. Bu haqda O‘zbekiston moliya vaziri Rustam Azimov xalqaro moliya forumi chog‘ida xabar qildi.

Bunday natijaga erishish maqsadida, Azimovning ta'kidlanishicha, islohotlar yanada chuqurlashtirilib, sanoat modernizatsiyasi va diversifikatsiyasi, xususiy mulk rivoji, iqtisodiyotda davlat ulushining kamayishi, mahsulotlarni mahalliylashtirish, kommunikatsiya va yo‘l-transport infrastrukturasi modernizatsiyasi, iqtisodiyotdagi energiya sarfini kamaytirish ta'minlanadi.

Ushbu ishlar 2020 yilga qadar YaIMning o‘rtacha 8 foizga oshishini ta'minlab beradi. Neft-gaz sanoati, mashinasozlik, neft-kimyo, elektrotexnik, tekstil, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish mollari ishlab chiqarish sohalari rivojlanishda davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish