Jahon | 07:32 / 10.11.2015
2600
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada o‘smir qochqinlar uchun mo‘ljallangan boshpanada chiqqan janjalda 4 kishi jarohat oldi

Shvetsiyaning g‘arbida joylashgan Alingsos shaharchasida mamlakatga kattalarsiz, bir o‘zi kelgan o‘smir qochqinlar uchun mo‘ljallangan boshpanada chiqqan janjalda 4 kishi pichoq jarohatlari oldi.

Voqea joyiga politsiya va tez tibbiy yordam mashinasi kelgan. Jabrlanganlardan biri jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan. Qolgan 3 kishi yengil jarohatlar olgan.

Politsiya xodimlari jinoyatchini qidirishmoqda. Ularning fikricha, janjal maishiy kelishmovchilik sabab chiqqan.

Shvetsiya migratsiya boshqarmasining prognoziga ko‘ra, shu yilning o‘zidayoq Shvetsiyaga 30 minggacha ota-onasiz bo‘lgan o‘smir qochqin kelishi mumkin. Ko‘pchilik mutaxassislar ularning asl yoshlari ular aytayotgandan farqlanishiga shubha qilishmoqda, chunki 18 yoshdan kichikroq muhojirlarga Shvetsiyada yashash uchun ruxsat olish osonroqdir.  

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish