Jahon | 18:26 / 10.11.2015
2690
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya bosh vaziri so‘nggi yarim yillikda tub islohotlar o‘tkazilishi haqida va'da berdi

Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li so‘nggi yarim yillikda tub islohotlar amalga oshirilishi haqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, islohotlar iqtisodiy, ijtimoiy va yuridik sohalarda amalga oshiriladi.

U bu haqda TRT telekanalida chiqishi paytida aytib o‘tgan.

Bosh vazir yana shuni alohida ta'kidlab o‘tdiki, tinchlikni saqlash maqsadida “terrorizmga qarshi kurash” davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish