Jahon | 08:02 / 10.11.2015
3242
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammitida Putin va Obama uchrashishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Barak Obama Turkiyaning Antaliya shahrida 15-16 noyabrda bo‘lib o‘tadigan G20 – “Katta yigirmatalik” sammitida uchrashuv o‘tkazishlari mumkin, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. Uchrashuv qanday formatda o‘tishi hozircha aytilmagan.

“Men avval umumiy tadbirlarda yoki norasmiy ravishda bo‘lgandek, sammitda ham prezidentlar o‘rtasida qandaydir muzokaralar bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayman””, deb aytdi Ernest.  

Ernest ikki davlat prezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqida rejalar hali tasdiqlanmaganini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Joriy yilning 28 sentabrida BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasi davomida Putin va Obama o‘rtasida Nyu-Yorkda ular orasida oxirgi 2 yil ichida birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.   

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish