Jahon | 18:06 / 10.11.2015
2269
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada “Al Qoida” bilan aloqadorlikda gumonlanib, 18 kishi qo‘lga olindi

Turkiya politsiyasi “Al Qoida” va “Front an-Nusra” singari terrorchilik guruhlarining mamlakatdagi bo‘linmalariga odam yollash bilan shug‘ullanuvchi 18 kishini hibsga oldi, deb xabar bermoqda Hurriyet Daily News.

Ma'lum qilishlaricha qo‘lga olish jarayoni 15—16 oktabr kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmatalik” yig‘ilishidan oldin amalga oshirilgan.
Xabarda keltirilishicha, qo‘lga olingan terrorchilar Suriyada maxsus harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish