Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik yigit o‘z iPhone'idagi 61 belgidan iborat parolni 10 soniyada terdi
Yaponiya jamoat transportidagi yo‘lovchilardan biri qo‘shni yo‘lovchining o‘z iPhone'dagi 61 belgidan iborat himoya parolini 10 soniyada ochganini videoga oldi.
Dastlabki 30-40 dona belgini yo‘lovchi juda tez harakatlar bilan teradi. So‘nggi belgilarda o‘ylanib qoladi. Biroq shunday bo‘lsa ham parol terishda xatolik kuzatilmaydi va video so‘nggida smartfon himoya paroli ochilgani va yo‘lovchining messenjerga kirgani ko‘ringan. Ushbu video YouTuBe’da 2 kun ichida 1 mlndan ko‘p ko‘rildi.
Ma'lumot uchun, odatda iPhone foydalanuvchilari himoya uchun 4-6 dona belgidan iborat parol qo‘yishadi. Bundan tashqari so‘nggi iPhone smartfonlarida barmoq izi skaneri funksiyasi mavjud.