Jamiyat | 12:12 / 11.11.2015
4823
1 daqiqa o‘qiladi

“D’Artanyan va uch mushketyor” filmi rejissyori vafot etdi

Moskvada Rosssiyaning mashhur rejissyori Georgiy Yungvald-Xilkevich 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda RF kinematografiyachilari ittifoqi ma'lumotlariga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Bir necha kun muqaddam kinoijodkor Botkino shifoxonasiga og‘ir ahvolda yotqizilgan edi. Shifokorlar unga yurakning poliorgan yetishmovchiligi tashxisini qo‘ygan edi. Rejissyorning bosimi uzoq vaqt past bo‘lib qolgani boshqa organlarning qon bilan ta'minlanishiga salbiy ta'sir o‘tkazdi, u keltirib chiqargan intoksikatsiya esa sepsisga sabab bo‘ldi.

Yungvald-Xilkevich avvalambor “D’Artanyan va uch mushketyor” filmi rejissyori sifatida mashhurdir. Bundan tashqari, u mushketyorlar haqida yana ikkita film hamda ko‘plab boshqa kartinalarni suratga olgan.
Eslatib o‘tamiz, Yungvald-Xilkevich Toshkentda dunyoga kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish