23:31 / 11.11.2015
4387

Amerikalik sodir etmagan jinoyati uchun 30 yilga yaqin qamoqda o‘tirdi

Amerikalik o‘zi sodir etmagan jinoyat tufayli 29 yil qamoqda o‘tirdi. O‘tgan dushanba kuni Jorjiya shtatidan bo‘lmish 53 yoshli Timoti Jonson o‘ziga yetkazilgan ma'naviy zararni qoplab berishlarini va unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan politsiyachilar, sudya va advokatlarni jazolashni talab qilib sudga ayblov kiritdi.

Kompensatsiya miqdori xali oshkor etilmagan, deb ma'lum qilmoqda AP agentligi.

Uning guvohlik berishicha, 1984 yilning 22 sentabr kuni Xyuston okrugi politsiyasi xodimlari yarim kechasi uning uyiga bostirib kirishadi va hech qanday isbot-dalillarsiz do‘kondagi o‘g‘irlik paytida qotillik qilganda ayblab Jonsonni hibsga olishadi.

2006 yili Jorjiya oliy sudi undan sudlanganlik hukmini bekor qildi. Oradan yetti yil o‘tib esa, Jonsondan barcha ayblovlar butunlay olib tashlandi.

Top