Jahon | 08:43 / 11.11.2015
2041
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh moliya vaziri 13 noyabr kuni Kiyevga tashrif buyuradi

AQSh moliya vaziri Jyeykob Lyu 13—14 noyabr kunlari Kiyevga tashrif buyurishi kutilmoqda, deb xabar beradi TASS.

“Ukrainada iqtisodiy boshqaruvni mustahkamlash, iqtisodiy faktorlarni tiklash va korrupsiyaga qarshi kurash kabi davomiy islohotlarni muhokama etish maqsadida joriy yilning 13—14 noyabr kunlari AQSh moliya vaziri Jyeykob Lyu mamlakat moliya vaziri va bir qator yuqori martabali vakillar bilan uchrashadi.

U shuningdek, Yuqori radaning bir qancha a'zolari bilan ham ko‘rishadi”, — deyiladi ma'lumotda
Lyu AQSh prezidenti Barak Obama va davlat kotibi Jon Kerri bilan birga Turkiyada bo‘lib o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammitida ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish