09:29 / 11.11.2015
2691

AQShdagi futbol maktablarida 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning bosh bilan o‘ynashi taqiqlandi

AQSh futbolida 10 yoshli bolalar uchun bosh bilan o‘ynash ta'qiqlandi. Ushbu qaror mamlakat futbol federatsiyasi tomonidan xavfsizlik nuqtai nazaridan qabul qilingan.

Yangi qoida AQSh futbol federatsiyasi qo‘l ostidagi barcha futbol maktablariga joriy etiladi. Shu bilan birga AQSh chempionatida ishtirok etayotgan barcha klublar futbol maktablari ham unga bo‘ysunishi shart.

O‘tgan yilning avgustida yosh futbolchilarning ota-onalari AQSh futbol federatsiyasini sudga bergan va tashkilotni yosh bolalarning boshdan olayotgan jarohatlariga sovuqqonlik bilan qarashda ayblagan edi.

Top