14:46 / 11.11.2015
3146

"Arsenal" 2 nafar germaniyalik futbolchiga taklif bilan chiqdi

"Arsenal" jamoasi tarkibida germaniyalik futbochlilar soni ortishi mumkin. SportBild nashri xabariga ko‘ra Arsen Venger Bundesligadagi 2 futbolchiga taklif bilan chiqqan.

Ma'lum qilinishicha, "Bayyer" jamoasi yarim himoyachisi Karim Belarabi va "Shalke" himoyachisi Benedikt Xevedes bilan muzokaralar boshlangan.

Qayd etilishicha, Xevedesning transfer qiymati 10 million yevroni tashkil etadi.

Ma'lumot uchun, Benedikt Xevedes ayni vaqtda 27 yoshda va u o‘z faoliyatining birinchi yilidan beri (2007 yil) "Shalke" sharafini himoya qiladi. U Bundesliga o‘yinlarida jami 11ta gol urishga erishgan.

25 yoshli Karim Belarabi o‘tgan mavsumda jamoasi safida 33 o‘yin o‘tkazgan va 12ta gol urgandi. Yangi mavsumda esa u 12ta uchrashuvda 2ta golga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" safida ayni vaqtda 2 nafar germaniyalik futbolchi to‘p surmoqda. Bular: Mesut O‘zil va Per Mertezaker.

Top