12:38 / 11.11.2015
6492

Babayan terma jamoaning KXDRga qarshi o‘yin uchun 23 futbolchilik tarkibini e'lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi KXDRga qarshi 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun 23 futbolchidan iborat tarkibini e'lon qildi.

Ushbu uchrashuv Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 18:00da boshlanadi. O‘yinni Alirizo Fag‘oni boshchiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda "H" guruhida KXDR terma jamoasi 5ta o‘yinda 13 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekiston esa guruhdagi raqiblaridan bir o‘yin kam o‘tkazgan holda 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Qayd etilishicha, yig‘inga chaqirilgan Ilhom Shomurodov, Odilbek Hamrobekov, Doston Hamdamov va Boburbek Yo‘ldoshev kabi futbolchilarga javob berib yuborilgan.

Quyida terma jamoaning 23 futbolchidan iborat tarkibi keltirib o‘tilgan:

Darvozabonlar
1. Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”)
2. Murodjon Zuxurov (“Bunyodkor”)
3. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv”)

Himoyachilar
4. Davron Hoshimov (“Paxtakor”)
5. Yegor Krimets (“Paxtakor”)
6. Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”, Xitoy)
7. Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)
8. Kamoliddin Tojiyev (“Paxtakor”)
9. Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya)

Yarim himoyachilar
10. Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya)
11. Server Jyeparov (“Ulsan”, Janubiy Koreya)
12. Aziz Haydarov (“Ash-Shabob”, BAA)
13. Fozil Musayev (“Sepahon”, Eron)
14. Sardor Rashidov (“Al-Jayish”, Qatar)
15. Sanjar Tursunov (“Vorskla”, Ukraina)
16. Stanislav Andreyev ("Paxtakor”)
17. Javohir Sohibov (“Paxtakor”)
18. Jasur Hasanov (“Lokomotiv”)
19. Sanjar Shoahmedov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar
20. Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
21. Igor Sergeyev (“Paxtakor”)
22. Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”)
23. Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog‘iston)

Top