Jahon | 16:26 / 11.11.2015
2807
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Xalqaro dukkakli-g‘alla ekinlari yilini boshladi

2016 yil BMT tomonidan Xalqaro dukkakli-g‘alla ekinlari yili deb e'lon qilindi.
Xabarnomada ta'kidlanishicha, dukkakli-g‘alla ekinlari, shu jumladan, loviya va no‘hatning barcha turlari arzon hamda oqsil va foydali mikrounsurlarga boy mahsulot hisoblanadi. Ular Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyoda muhim oziq-ovqat mahsuloti sanalib, ayrim mintaqalarda hatto aholining asosiy iste'mol mahsuloti hisoblanadi.

“Ular asrlar mobaynida inson tanovulining ratsionining muhim qismi bo‘lib kelgan, - dedi BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti direktori Joze Grasianu da Silva. – Ularning oziq qiymati yuqoriligiga qaramay, ko‘pincha ayrim jamiyatlar ularga past baho beradilar”.

“Dukkakli-g‘alla ekinlari oziq-ovqat yetishmasligi, ocharchilik, ekologiya, inson sog‘lig‘ini yaxshilash muammolarini hal etishga muhim hissa qo‘shishi mumkin”, - deb ta'kidladi BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘z murojaatida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish