Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada tijoriy samolyot halokati natijasida yirik kompaniya menejyeri halok bo‘ldi
Braziliya poytaxtidan San-Paulu shahriga ketayotgan Cessna 650 samolyoti halokatga uchrashi tufayli Lotin Amerikasi hududida bank va sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan Bradesco Seguros kompaniyasi menejyeri halok bo‘ldi.
Aniqlik kiritilishicha, Bradesco Seguros banki vitse-prezidenti Antoniu Rossi va sug‘urta kompaniyasi vakili Lusiu Flaviu Konduru di Oliveyra halok bo‘lgan.
Biroz oldinroq, Brazilia shahridan havoga ko‘tarilgan ushbu samolyot Goyas shtati hududida qulagani xabar qilingandi.

Samolyot halokati tufayli 2 yo‘lovchi va 2 uchuvchining o‘limi tasdiqlangan. Braziliya fuqarolik aviatsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, Cessna 640 samolyoti parvoz uchun ruxsatga ega bo‘lgan.