17:11 / 11.11.2015
3038

Buryatiyalik erkak 100 rubl pora bermoqchi bo‘lgani uchun 3 yilga qamaldi

Rossiyaning Buryatiya respublikasida, Gusinoozyorsk shahrida yashovchi erkak politsiyachiga 100 rubl pora berishga uringani tufayli koloniyada o‘tash sharti bilan 3 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda respublika prokuraturasi sayti orqali xabar qilindi. Shuningdek, erkak 3 ming rubl miqdorida jarima ham to‘laydi.

Aytilishicha, 20 iyun kuni 31 yoshli Vyacheslav Sidenov “Kooperator” bozori yaqinida qo‘lga olinib, politsiya idorasiga ma'muriya huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish uchun olib kelingan. Javobgarlikka tortilishdan qo‘rqqan fuqaro politsiyachiga 100 rubl pora taklif qilgan. Huquq-tartibot xodimi pulni olishdan bosh tortib, tegishli raport tuzgan.

Top