Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» va «PSJ» 2016 yilning yozida Iguainni qo‘lga kiritish uchun kurash olib boradi
Italiyaning «Napoli» klubi hujumchisi Gonsalo Iguain Angliyaning «Chelsi» va Fransiyaning «PSJ» jamoalari qiziqish doirasiga tushdi.
Sport Mediaset nashrining xabar berishicha, londonliklar va parijliklar argentinalik hujumchini kelgusi yil yozda sotib olishni rejalashtirishmoqda.
Iguainning shartnomasida tovon puli sifatida 94 million yevro ko‘rsatib o‘tilgan. Futbolchi va italyan klubi o‘rtasidagi shartnoma 2018 yilga qadar davom etadi.
Hozirda 27 yoshli hujumchi Italiya chempionatida 12 gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.