17:39 / 11.11.2015
4746

Devid Bekhem o‘rtoqlik o‘yinida qatnashish uchun Antarktidaga jo‘nab ketdi

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Devid Bekhem o‘rtoqlik o‘inida maydonga tushish uchun Antarktidaga yo‘l oldi. Bu haqda futbolchining o‘zi instagramdagi akkaunti orqali ma'lum qilgan.

Bolalarni qo‘llab-quvvatlovchi YUNISEF fondi BMT ko‘magida butun dunyo bo‘ylab turne o‘tkazmoqda. Antarktida bu borada beshinchi qit'a bo‘ladi.

Bekhem esa 10 yildan buyon BMT elchisi hisoblanadi.

Top