Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:14 / 11.11.2015
3269
1 daqiqa o‘qiladi
Frantsuz Gvianasidagi kosmodromdan ikkita yo‘ldoshli raketa uchirildi
Frantsuz Gvianasi hududidagi Kuru aerodromidan Fransiyaga tegishli Ariane-5 raketasi 2ta telekommunikatsion yo‘ldoshni bilan birgalikda kosmosga ko‘tarildi. Bu haqda Yevropa kosmik agentligi xabarida aytilgan.
Raketaning osmonga ko‘tarilish jarayoni Arianespace sayti orqali translyatsiya qilingan. Raketa soatiga 8,5 ming km tezlik bilan uchgan.
Ushbu raketa orbitaga ARABSAT-6B va GSAT-15 sun'iy yo‘ldoshlarini olib uchgan. Birinchi sun'iy yo‘ldosh Saudiya Arabistoniga, ikkinchisi Hindiston kosmik agentligiga aloqador hisoblanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish