21:27 / 11.11.2015
31724

Gulchehra Eshonqulova familiyasini o‘zgartirdimi?

O‘zbekistonlik taniqli aktrisa Gulchehra Eshonqulova ayni vaqtda xorijda. Uning Instagramiga o‘zi tomonidan qo‘yilgan suratlardan bilish mumkinki, u Turkiyada va yolg‘iz emas.

U ayni vaqtda Instagramda yangi akkauntini yuritmoqda. Akrtisa o‘z akkauntini guli_sharapova nomi ostida ochgan. Bu akkaunt ochilganiga 1,5 oy bo‘lgan.

Yangi akkauntda joylashtirilgan suratlar orqali uning tashqi ko‘rinishida ko‘p o‘zgarishlar yuz berganini, xususan sochi kalta olinganini ko‘rish mumkin. Yana bir o‘zgarish sifatida esa Gulchehra Eshonqulova ayni vaqtda san'at bilan shug‘ullanmasdan, o‘qish bilan bandligini taxmin qilish mumkin.

Aktrisa aksar suratlarida Sharof Sharopov bilan birga ko‘rinadi. Bundan bilish mumkinki, ular Turkiyaga birgalikda ketishgan.

4 kun oldin joylashtirilgan suratda esa ular yonma-yon o‘tirishgan holatda tushishgan. Surat ostiga aktrisa "S lyubimom mujyem" (Sevimli rafiqim bilan) deya izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyulida kun.uz saytida 34 yoshli Gulchehra Eshonqulova 21 yoshli Sharof Sharopov o‘rtasidagi 2 oylik turmush ota-onalar noroziligi tufayli buzilgan va juftlik ajrashishgani haqida xabar qilingandi.

Top