00:02 / 11.11.2015
5480

KUN.UZ dayjesti: 10 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 10 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Bir kun ichida British Airways aviakompaniyasiga tegishli ikkinchi samolyotning ham dvigateli ishlamay qoldi>>

British Airways aviakompaniyasining samolyoti dvigatelda paydo bo‘lgan nosozlik tufayli Dallas aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda AirLive.net.

Turkiyada o‘tadigan “Katta yigirmatalik” sammitida Putin va Obama uchrashishi mumkin>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Barak Obama Turkiyaning Antaliya shahrida 15-16 noyabrda bo‘lib o‘tadigan G20 – “Katta yigirmatalik” sammitida uchrashuv o‘tkazishlari mumkin, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernestga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi. Uchrashuv qanday formatda o‘tishi hozircha aytilmagan.

Obama va Erdo‘g‘an IShIDga bosimni kuchaytirishga kelishib oldilar>>

AQSh va Turkiya prezidentlari Barak Obama va Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali suhbatda IShID jangarilariga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirishga kelishib oldilar.

YeTTB 2015 yilda Tojikiston iqtisodiyoti 5 foizga qadar sustlashishini bashorat qildi>>

Tojikiston YaIM o‘sishi 2014 yildagi 6,7 foizdan 2015 yilda 5 foizgacha pastlashadi, deyiladi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning iqtisodiy bashoratida.

Eron terrorchilardan xavfsirab chegaralarini mustahkamlamoqda>>

Eron ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Hussayn Zulfuqoriy bergan ma'lumotlarga qaraganda, mamlakat ichiga terrorchilarning kirishini oldini olish borasidagi xatti-harakatlar doirasida chegara postlari mustahkamlanmoqda.

Suriya va Iroqda 300 tojikistonlik halok bo‘ldi>>

Tojikistonlik jangarilari Suriya va Iroqdagi harbiy harakatlarda ko‘plab halok bo‘lmoqda, tirik qolganlarning ko‘pchiligi esa yurtiga qaytmoqchi. Bu haqda Tojikiston razvedkasi e'lon qilgan hisobotda aytildi.

Rossiya TIV: Yaqin Sharq navbatdagi “qora tuynuk”ni boshdan kechira olmaydi>>

Yaqin Sharqda hokimiyatni kuch bilan o‘zgartirishga bo‘lgan navbatdagi harakat juda qimmatga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Komsomolskaya pravda” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirligi nonni bo‘laklab sotishga chaqirdi>>

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Saparxan Omarov nonni kesilgan holda sotishning maqsadga muvofiq bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri sayti orqali xabar qilindi.

IShID terrorchisi hujumi oqibatida "Tolibon" qo‘mondonlaridan biri halok bo‘ldi>>

Afg‘onistonda terrorchi-hudkush hujumi tufayli "Tolibon" tashkiloti harbiy boshliqlaridan biri halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar tarqatgan.

Dunyodagi eng piyonista davlat nomi aytildi>>

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti o‘tkazgan tadqiqot natijalariga qaraganda, spirtli ichimliklar ichish hajmining eng yuqori darajasi Litvada qayd qilingan. Bu mamlakatning har bir fuqarosi yiliga 14 l spirtli ichimlik ichadi, deb yozadi Britaniyaning Independent nashri.

Turkiyada yirik terakt tayyorlayotgan 3 kishini qo‘lga oldi>>

Turkiyaning Izmir shahri jandarmeriyasi Kurdiston ishchi partiyasining 3 nafar jangarisini qo‘lga oldi. NTV telekanalining xabar qilishicha, terrorchilar yonidan 17 kg plastik portlovchi moddalar topilgan.

IShID Afg‘onistondagi o‘rnini mustahkamlamoqda>>

IShID guruhi o‘zining Afg‘onistondagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Bu haqda Rossiya Federal qidiruv byurosi direktori o‘rinbosari Yevgeniy Sisoyev aytib o‘tdi.

Xitoy Rossiya bilan viza tartibini bekor qilishi mumkin>>

Xitoy Rossiya bilan ikki tomonlama turistik oqimni oshirish maqsadida vizasiz tartib joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 10 noyabr kuni XXR TIV Yevropa va Osiyo davlatlari departamenti rahbari Guy Tsun'yu bayonot berdi.

Rossiya va Kuvayt maqsadlar haqida memorandum imzolashdi>>

Rossiyaning “Rosoboronekport” korxonasi va Kuvayt Mudofaa vazirligi 10 noyabrda maqsadlar haqida memorandum imzolashdi.

Suriyaning Latakiya shahridagi otishma qurbonlari soni 23 nafarga yetdi>>

Suriyaning Latakiya shahrida sodir etilgan otishma natijasida olamdan o‘tganlar soni 23 nafarga yetdi, 65 nafar fuqaro esa jarohat oldi, deya xabar qildi RIA “Novosti” mahalliy politsiyadagi axborot manbasiga asoslangan holda.

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri: 2015 yil hosilining bir qismi qor ostida qolib ketdi>>

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri Asiljon Mamitbekov mamlakatning ayrim hududlarida hosilning bir qismi qor ostida qolganini tan oldi.

Facebook’ka yevropaliklarni kuzatishni bas qilishi uchun 48 soat vaqt berildi>>

Bryussel Fuqarolik sudi 9 noyabr kuni o‘z qarori bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘iga 48 soat ichida foydalanuvchilarini kuzatish va ular ma'lumotlarini qayta ishlash amaliyotini to‘xtatish majburiyatini yukladi.

Ronaldu haqidagi hujjatli filmning premerasi o‘tkazildi (foto+video)>>

9 noyabr kuni "Real" jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tdi.

Top