21:02 / 11.11.2015
12087

KUN.UZ dayjesti: 11 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 11 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston TIVda Germaniya Tashqi ishlar vazirligining mas'ul vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi>>

2015 yil 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha mas'ul vakili Andreas Peshke bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahrida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi>>

2015 yilning 18-19 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Mualliflik huquqi sohasida zamonaviy tendensiyalar va kontrafaktga qarshi kurash”mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bangladesh va O‘zbekiston turizm sohasidagi aloqalar istiqbollarini muhokama qildi>>

10 noyabr kuni “O‘zbekturizm” MKda Bangladeshning Toshkentdagi elchisi Mosud Mannan bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarining aksariyat qismi MDH davlatlariga uchgani aytildi>>

“O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi, global iqtisodiyotdagi inqirozli holatga qaramay, 2015 yilning 3 choragi mobaynida foyda ko‘rdi. Bu haqda kompaniya vakillariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyida yangi yotoqxona foydalanishga topshirildi>>

2014 - 2015 yillarga mo‘ljallangan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturiga muvofiq, Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyida 180 o‘rinli yangi bolalar yotoqxonasini qurish rejalashtirilgan edi.

O‘zbekistonliklar oziq-ovqat mahsulotlariga maoshlarining 40 foizini sarflaydilar>>

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi mutaxassislari mamlakat fuqarolari oziq-ovqat mahsulotlariga o‘rtacha qancha pul ishlatishlarini hisoblab chiqishdi. 

LUKOYL O‘zbekistondagi barcha loyihalarini ko‘rsatilgan muddatda amalga oshiradi>>

Kecha, 10 noyabr kuni O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiyaning LUKOYL kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov bilan ushbu kompaniya mamlakat hududida amalga oshirayotgan loyihalar realizatsiyasini muhokama qildi. 

Hyundai “O‘zbekneftegaz”ga tegishli qurilish korxonasining 49 foiz aksiyasini xarid qiladi>>

Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering Co kompaniyasi “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi tarkibidagi “O‘zneftgazqurilishinvest” AK aksiyalarining 49 foiz aksiyalarini xarid qilishi mumkin. 

“Pasport stoli”: Nobiometrik pasportlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi>>

Ma'lumki, 2011 yil 5 yanvarda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, 2015 yilning oxiriga qadar yurtimizda yangi pasport tizimi joriy etiladigan bo‘ldi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ meva va sabzavot eksporti tizimida yangi korxona tashkil etadi>>

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbektemiryo‘lekspeditsiya» unitar korxonasi tizimida yangi «Poliz Trans» unitar korxonasini tashkil etadi. 

O‘zbekistonda “Diabet oyligi” boshlandi>>

14 noyabr kuni O‘zbekistonda Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni nishonlanadi. Ushbu sana birinchi marta 1991 yilda Xalqaro diabet federatsiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusiga ko‘ra dunyo miqyosida diabet bilan kasallanishlar soni ortishi munosabati bilan o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda joriy hafta oxirigacha yomg‘irli kunlar davom etadi>>

O‘zbekiston gidrometeorologiya markazi xizmatining ma'lum qilishicha, 13-15 noyabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjyetini qabul qilishdi>>

11 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida, Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi – Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlari, shuningdek, soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqishdi.

Xayr-saxovat reytingida O‘zbekiston 145 ta davlat o‘rtasida 27-o‘rinni egalladi>>

Buyuk Britaniyaning Charitis Eyd jamg‘armasi 10 noyabrda aholisi faol darajada xayr-saxovat bilan shug‘ullanuvchi, ya'ni o‘zining shaxsiy pullari va vaqtini muhtoj odamlar va bemorlarga sarflaydigan davlatlar reytingini chop etdi.

2015 yilning 10 oyi davomida Toshkentda o‘t o‘chiruvchilar 20 kishining hayotini saqlab qolishdi>>

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi joriy yilning 10 oyiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdi.

O‘zavtoyo‘l: IX Xalqaro sanoat yarmarkasida 100 mlrd so‘mdan ortiq hajmdagi shartnomalar imzolandi>>

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 26 oktabridan 5 noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda "O‘zavtoyo‘l" AK tizimidagi korxona va tashkilotlar ham ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda yiliga 15 turdagi 7 mln tonna sement ishlab chiqarilmoqda>>

O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining “Strom” ilmiy-tadqiqot va sinov markazi rahbari, texnika fanlari doktori, professor Mastura Iskandarova bilan yangi turdagi qurilish materiallari qanday imkoniyatlar yaratayotgani xususida suhbatlashdi. 

Toshkentda kvartiralar narxining sentabr-oktabr oylaridagi o‘zgarish dinamikasi>>

Toshkentda kuz mavsumining o‘rtasiga kelib kvartiralar bozoridagi o‘rtacha taklif narxlarining dinamikasi o‘rtacha narxlarning pasayishini namoyish qilmoqda.

Toshkent viloyatidagi suv omborlarida jamoat plyajlari tashkil qilinadi>>

Keyingi yil bahoriga qadar To‘yabo‘g‘iz va Chorvoq suv omborlarida aholi uchun maxsus jamoat xizmatlari tashkil qilinadi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri xabar bermoqda.

Oybek va Nigoraning nikoh to‘yi 21 noyabrda bo‘lib o‘tishi ma'lum qilindi>>

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora 21 noyabr kuni turmush qurishlarini ma'lum qilishdi. Ayni damda ikki yosh to‘yga tayyorgarlik ko‘rishmoqda va to‘y uchun liboslar tanlashgan. Bu haqda Kun.uz saytiga xonandalarning ma'muri ma'lum qilgan.

O‘zbek xonandasi poytaxt aholisini hayratga soldi>>

Turli musiqali televizion-shoular qatnashchisi, iste'dodli yosh ijrochi Ulug‘bek Xaliqov Toshkent ahlini hayratda qoldirdi. Xonanda kafe mijozlari, avtobus yo‘lovchilari, shahar ko‘chalaridagi piyodalar oldida chiqish qildi. 

Babayan terma jamoaning KXDRga qarshi o‘yin uchun 23 futbolchilik tarkibini e'lon qildi>>

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi KXDRga qarshi 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun 23 futbolchidan iborat tarkibini e'lon qildi.

Top