10:00 / 11.11.2015
2942

Markaziy Afrika Respublikasida BMT tinchlikparvari o‘ldirildi

Markaziy Afrika Respublikasida musulmon jangarilari bilan bo‘lgan qurolli to‘qnashuvda BMT tinchlikparvari halok bo‘ldi. Bu haqda xalqaro tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

Musulmon muxolifati bo‘lmish "Seleka" MARdagi BMT missiyasi blokpostiga hujum qilgan. "Bo‘lib o‘tgan voqea tufayli bir nafar tinchlikparvar g‘oyib bo‘ldi. Biroz o‘tib esa uni o‘lgan holda topishdi”, - deyiladi ma'lumotda. "BMT bosh kotibi tashkilot tinchlikparvariga bo‘lgan har qanday hujumni qattiq qoralaydi va adolat uchun aybdorni topish hamda jazolash maqsadida zudlik bilan tezkor tadbir o‘tkazishga chaqiradi”, - deb ta'kidlandi xalqaro tashkilotda.


BMT missiyasi hamda Afrika kuchlari hamkorligida mamlakatda zo‘ravonlik darajasi pasaytirildi. Ammo qurolli to‘qnashuvlar hozirgi kunlarga qadar davom etmoqda. O‘tgan oyda voqealar rivoji keskinlashuvi yanada ortdi. Shu bois 18 oktabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan prezidentlik va parlament saylovlari yil oxiriga qadar kechiktirildi.

Top