Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada mobil aloqa operatori past sifatdagi xizmatlar uchun 24,5 mln dollar jarimaga tortildi
Meksika telekommunikatsiyalar federal instituti (TFI) Pegaso mobil aloqa operatoriga 410 mln peso (24,5 mln dollar) jarima soldi. 10 noyabrda ma'lum bo‘lishicha, ayni paytda TFI tomonidan solingan eng katta jarimaga Ispaniyaning Telefonica telekommunikatsion giganti bo‘limi hisoblangan Pegaso’ning “mobil aloqa xizmatlari sifati minimal standartlariga” amal qilmagani sabab bo‘lgan.
TFI rahbariyati Pegaso’ning Meksikaning Guanaxuato shtatidagi Leon shahridagi faoliyati tekshirilgandan keyin bir ovozdan bunday qarorga kelgan. Bu tekshiruv davomida “qo‘ng‘iroqni amalga oshirish muvaffaqiyatsiz tugagan holatlarning juda ko‘pligi” aniqlandi. Endi kompaniyada bu qaror ustidan shikoyat qilish uchun 15 kun vaqt bor.
TFIning ta'kidlashicha, institut “taqdim qilinayotgan telekommunikatsion xizmatlar sifati va ularning talab darajasiga mos kelishini kuzatishni davom ettiradi”.