Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Eron yetakchilari alkogol ichimligi qo‘yiladigan marosimlarda ishtirok etmaydi
Eron yetakchilari alkogol mahsuloti qo‘yiladigan marosimlarda ishtirok etmasliklari haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda ISNA Eron agentligi.
Avvalroq Fransiya OAVlari Eron prezidenti Xasan Ruhoniy Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan Parijda tushlik qilishdan bosh tortgani haqida ma'lum qilishgan edi. Bunga taomnomadan vinoning o‘rin egallagani sabab bo‘lgandi.
Ruhoniy Italiya va Fransiyaga 14—18 noyabr kunlari savdo aloqalarini yanada mustahkamlash va yangilash masalalarini ko‘rib chiqish uchun tashrif buyuradi.
1999 yilning oktabrida ham Eronning sobiq prezidenti Muhammad Hotamiy ham alkogol ichimligi qo‘yilgani sabab Yelisey saroyida o‘tkazilgan ziyofatda ishtirok etmagan edi.