09:21 / 11.11.2015
2764

OAV: van Gaal Aleksis Sanches bilan muzokara o‘tkazdi

"Arsenal" jamoasining chililik yarim himoyachisi "Manchester Yunayted"ning qiziqish doirasiga tushdi.

Don Balon nashrida yozilishicha, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Lui van Gaal 26 yoshli futbolchi bilan gaplashgan va uni o‘z jamoasiga taklif qilgan hamda agar u "Old Trafford"ga ko‘chib o‘tsa, jamoaning asosiy futbolchisi bo‘lishini va'da qilgan.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Sanchesga "PSJ" jamoasi tomonidan ham jiddiy qiziqish mavjud. Parijliklar Ronalduni qo‘lga kirita olishmasa, Sanchesga yuzlanishlari aytilgan.
Qayd etilishicha, Aleksis Sanchesning transfer qiymati kamida 50 mln funtni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, APLning joriy mavsumida Sanches "Arsenal" safida 12ta o‘yin o‘tkazdi va 6ta gol urib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Top