08:47 / 11.11.2015
2492

Ogayoda uy ustiga kichik samolyot qulashi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi

Ogayoning Akron shahridagi aeroportdan havoga ko‘tarilgan yengil motortli Hawker 25 samolyoti turarjoylar ustiga qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. Samolyot qulagan joydagi uylardan biri butkul yonib ketgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu voqea tufayli halok bo‘lganlar samolyot uchuvchilari edi.

Daily Mail nashrida yozilishicha, ustiga samolyot qulab tushgan uy ichida voqea paytida hech kim bo‘lmagan.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Top