17:50 / 11.11.2015
4491

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ meva va sabzavot eksporti tizimida yangi korxona tashkil etadi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘zbektemiryo‘lekspeditsiya» unitar korxonasi tizimida yangi «Poliz Trans» unitar korxonasini tashkil etadi. Bu haqda tashkilot xodimi Kamola Yunusova review.uz nashriga ma'lumot bergan.

Manbaning yozishicha, korxonaning asosiy vazifasi temiryo‘l transporti orqali meva, sabzavot, konserva va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini MDH davlatlariga eksport qilishdan iborat.

Bu «O‘zbektemiryo‘lekspeditsiya» unitar korxonasining ikkinchi tizimdagi tashkiloti sanaladi. Bungacha tashkilotning «Sogdiana Trans» kompaniyasi tashkil qilingan bo‘lib, mazkur korxona Afg‘oniston islom Respublikasi hududidagi temir yo‘l liniyasiga xizmat qilib kelmoqda.

«Sogdiana trans» Hayraton – Mozori-Sharif temir yo‘lida uch yil davomida 7,8 mln. tonn yuklarni tashishga xizmat qilgan. «Sogdiana trans» va Afg‘oniston jamoat ishlari vazirligi o‘rtasida yana uch yil muddatga shartnoma imzolangan.

Top