15:35 / 11.11.2015
6494

Qirg‘izistonda kelinni uyidan otda olib ketish urf bo‘lmoqda

Oxirgi paytlarda qo‘shni Qirg‘izistonda to‘y kortejlarini yaratishda o‘ziga xos moda paydo bo‘ldi. Ilgari turli-tuman mashinalarda kelinning uyiga kelish odat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda yosh yigitlar otlarga qiziqish bildirmoqda.

Mahalliy matbuotda yozilishicha, O‘sh viloyati Oloy tumanining Jo‘sho‘lu ovulida Abdumajit o‘g‘li Adis va Muso qizi Aynagul qimmatbaho mashinalardan voz kechishga qaror qilishgan. O‘sha tumanning Sari Mo‘g‘o‘l ovulida yosh kelin-kuyov Taalay va Uulchalar ham ularning izidan borib, nikohga tulporlarda yo‘l olishgan.

Bunday hodisalar mamlakatning turli burchaklarida iyun oyidan buyon kuzatib kelinmoqda. Bu to‘y marosimlarining internetga joylashtirgan suratlari katta qiziqish uyg‘otmoqda.

 

Top