10:18 / 11.11.2015
2622

Qozog‘iston aholisi uchun LiveJournal platformasiga kirish imkoni 4 yildan so‘ng qaytib berildi

Qozog‘iston hukumati mamlakat fuqarolari uchun 2011 yilda yopib qo‘yilgan “Tirik jurnal” blog-platformasini qayta ishga tushirdi. Bu haqda “Gazeta.Kz” xabar bermoqda.

Respublika aloqa qo‘mitasining ma'lum qilishicha, LiveJournal ma'muriyati “qonunga zid materiallar”ni o‘chirib tashlagan.
To‘rt yil muqaddam Ostona sudi mamlakat fuqarolari uchun minglab bloglar servisini “terrorizm va diniy ekstremizm propagandasi hamda omma e'tiboriga terakt uyushtirish va portlovchi qurilmalar yasashni havol etish kabi ayblovlar qo‘yib” yopib qo‘ygandi.

Qo‘mita qarori 11 noyabrdan kuchga kiradi.

Top