09:56 / 11.11.2015
3064

Ramos yelkasidagi jarohatiga qaramasdan, «Barselona»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi

Madridning «Real» klub himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yinda ishtirok etadi. As nashri xabariga ko‘ra, u o‘yindan so‘ng operatsiya stoliga yotadi.

U bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. Ramos klasiko bahsidan keyin jarrohlik amaliyoti stoliga yotishini ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ramos La liganing 11-turidan o‘rin olgan «Sevilya»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan va maydonni erta tark etgan edi. U to‘pga qaychi usulida zarba berib, yerga yelkasi bilan noqulay tushgan edi.

Futbolchi joriy mavsum avvalida ham jarohatlangan, 15 sentabrda "Shaxtyor" bilan o‘yinda yelkasini jarohatlab olgach, 6ta turni o‘tkazib yuborgandi.

Top