07:11 / 11.11.2015
3179

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati binosi eshigini yoqqan rassom o‘z ishini “terrorga qarshi kurashish usuli” deb atadi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Moskvaning Lubyanka maydonidagi binosi eshigiga o‘t qo‘ygan rassom Pyotr Pavlenskiy o‘z qilmishini “terrorga qarshi kurashish usuli” deb atadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Mening fikrimcha, mening bu qilmishimni terrorchilik xavfiga ishora, tarsaki deb qabul qilish kerak. Men terror bilan shunday kurashaman”, deb aytdi rassom Tagansk sudi yig‘ilishida.

Pavlenskiy FXX binosi eshigiga o‘t qo‘yishda gumon qilinib, mayda bezorilikda ayblanib hibsga olingan edi. Yong‘inni tezlik bilan o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Rassomning aytishicha, u o‘zi “Xavf” deb nomlagan bu tadbiri Federal xavfsizlik xizmatining ishlash uslublariga qarshi qaratilgan.   

Top