Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV mamlakatning bir qismi Xitoyga berilgani haqidagi ma'lumotni rad etdi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining axborot va matbuot departamentida go‘yoki “Rossiyaning Ussuriya o‘lkasida 4,7 kvadrat kilometr yer maydoni ustidan Xitoy nazoratni tiklagani” haqidagi ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aytildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Vazirlikda Rossiya va Xitoy bir-biriga hech qanday hududiy da'vosi yo‘qligi ta'kidlab o‘tildi. “Bu 2001 yil 16 iyulda imzolangan Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi qo‘ni-qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik haqidagi shartnomada qayd etilgan”, deb aytildi vazirlik departamentida.
“Xitoy bilan tuzilgan 1991, 1994 va 2004 yildagi kelishuvlarga ko‘ra chegara bilan bog‘liq barcha masalalar hal qilingan. Rossiya-Xitoy chegarasining demarkatsiya qilinishidan keyin uning o‘tish chizig‘i o‘zgarmagan”, deb aytildi departamentda.
Rossiya chegara xizmati ham ushbu ma'lumotni rad etdi.
Bundan avvalroq China Daily nashri Rossiya Xitoyga 4,7 kvadrat kilometr yer maydonini bergani va bu maydon Xitoyning shimoli-sharqidagi Girin viloyatiga qo‘shilishi haqida ma'lumot chop etilgandi.