Jahon | 00:05 / 11.11.2015
2409
1 daqiqa o‘qiladi

Sloveniya Xorvatiya bilan chegarasida to‘siqlar barpo etadi

Sloveniya bosh vaziri Miro Tserarning ma'lum qilishicha, mamlakat Xorvatiya bilan chegarasida “vaqtinchalik texnik to‘siq”lar barpo etish niyatida. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu choralar mamlakatga kelayotgan muhojirlar oqimini nazorat etish maqsadida amalga oshiriladi. Shu bois ular uchun chegaralar oldingidek ochiq bo‘ladi.
“Biz chegaralarimizni yopmoqchi emasmiz. Shunchaki mamlakatga kelayotgan muhojirlar oqimini nazorat qilish va gumanitar falokatning oldini olishni istaymiz”, — deb o‘tgan u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish