Jamiyat | 17:17 / 11.11.2015
5100
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi suv omborlarida jamoat plyajlari tashkil qilinadi

Keyingi yil bahoriga qadar To‘yabo‘g‘iz va Chorvoq suv omborlarida aholi uchun maxsus jamoat xizmatlari tashkil qilinadi. Bu haqda “Pravda Vostoka” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, plyajda barcha qulayliklar va shart-sharoitlar yaratiladi: qutqaruv xizmati, zaruriy infrastruktura – dush kabinalari, quyoshdan himoya qiluvchi vositalar, ovqatlanish, suzish buyumlari savdosi va ijarasi punktlari, sanitariya-gigiyena bo‘linmalari – tashkil etiladi.

Qishga yaqin Chimyon oromgohi hududida ma'muriy binosi modernizatsiyasi, transport yo‘lining qayta tiklanishi, zamonaviy asbob-anjomlar bilan ta'minlanishi boshlanadi.

“Toshkent viloyatining barcha tumanlarida turizmni rivojlantirishga harakat qilmoqdamiz, - dedi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi mutaxassisi Jamshid G‘oziyev. – Masalan, Ohangaron tumanida go‘zal tabiat manzaralari juda ko‘p, ko‘pgina tog‘li qishloqlarda esa mehmonxona uylar tarmog‘ini rivojlantirsa bo‘ladi. Bu borada Yangiobod shaharchasi, Lashkarak, Ertosh va boshqa qishloqlarning istiqbollari juda yaxshi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish