12:37 / 11.11.2015
3316

Uzbekistan Airways yo‘lovchilarining aksariyat qismi MDH davlatlariga uchgani aytildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” kompaniyasi, global iqtisodiyotdagi inqirozli holatga qaramay, 2015 yilning 3 choragi mobaynida foyda ko‘rdi. Bu haqda kompaniya vakillariga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Xabarnomada ta'kidlanishicha, Uzbekistan Airways ish samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqqan bo‘lib, uning asosida birinchi navbatda uchish parki optimizatsiyasi amalga oshirildi.
“Biz 1.982 mln yo‘lovchini tashidik. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0.2 foizlik o‘sish demakdir. Bu, zamonaviy sharoitlarni inobatga oladigan bo‘lsak, u qadar yomon ko‘rsatkich emas, axir jahonning barcha aviakompaniyalarida bu ko‘rsatkichda tushish kuzatilmoqda”, - dedi agentlikning suhbatdoshi.

O‘zbekiston aviakompaniyasining reyslarida birinchi o‘rinni MDH davlatlari egalladi – hisobot davrida bu davlatlarga 894.3 ming yo‘lovchi eltildi. Uzoq xorij davlatlariga 619.6 ming yo‘lovchi eltildi, mahalliy reyslardan 468 ming kishi foydalandi.
Avialaynerlar 17.7 ming reyslarni amalga oshirdi. Har bir reysda o‘rtacha 111 yo‘lovchi tashildi.

Shuningdek, hisobot davrida 5ta xalqaro aviakompaniya bilan bir-birining aviachiptalarini sotish borasida interlayn-kelishuv imzolandi.
“Shuningdek, Korean Air, Air Baltic va Malaysan Airlines bilan kod-shering kelishuvi doirasidagi hamkorlik davom etmoqda”, - dedi kompaniya xodimi.
Shu bilan birga, yuk tashish bo‘yicha kompaniya ma'lum miqdorda zarar ko‘rgan. Yanvar va sentabr oralig‘ida jami 31 ming tonna yuk tashildi.

Top