Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xayr-saxovat reytingida O‘zbekiston 145 ta davlat o‘rtasida 27-o‘rinni egalladi
Buyuk Britaniyaning Charitis Eyd jamg‘armasi 10 noyabrda aholisi faol darajada xayr-saxovat bilan shug‘ullanuvchi, ya'ni o‘zining shaxsiy pullari va vaqtini muhtoj odamlar va bemorlarga sarflaydigan davlatlar reytingini chop etdi.
Bu borada 1-o‘rinni Birma (Myanma), 2-o‘rinni AQSh, 3-o‘rinni esa Yangi Zelandiya egalladi.
O‘zbekiston bu ro‘yxatning 27-o‘riniga loyiq deb topildi. O‘zbekistondan bu borada sobiq ittifoq davlatlari o‘rtasida faqatgina 18-o‘rinni egallagan Qirg‘izistonning reytingi balandroq bo‘ldi.
Sobiq ittifoqning qolgan davlatlari reytingdan quyidagicha o‘rin oldi: Qozog‘iston – 56-o‘rin, Turkmaniston – 71, Tojikiston – 73, Ukraina – 89, Estoniya – 99, Belarus – 103, Latviya – 110, Gruziya – 112, Moldova – 120, Ozarbayjon – 122, Rossiya – 129, Armaniston – 138, Litva – 142.
Hammasi bo‘lib reytingda 145 ta davlat va hudud baholandi.