08:34 / 11.11.2015
3947

Yaponiyaning MRJ layneri 40 yil ichida ilk bor parvozga ko‘tarildi

Mitsubishi Aircraft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan MRJ yo‘lovchi layneri o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi.

Kompaniya mazkur tadbirni Ustream xizmati orqali translyatsiya qilmoqda. Mitsubishi Regional Jet — 1962 yildan buyon birinchi marta havoga ko‘tarilgan yapon tijoriy samolyotidir.

Samolyot Nagoya shahri aeroportidagi uchish-qo‘nish yo‘lagidan parvoz qildi. Translyatsiyani 600 mingga yaqin kishi tomosha qildi.

Top