12:00 / 12.11.2015
5581

“Transmashxolding” Toshkent metrosiga yangi poyezdlar taklif qilmoqda

Rossiyaning transport mashinasozligi yo‘nalishidagi eng yirik korxonasi bo‘lmish “Transmashxolding” Toshkent metropoliteniga yangi poyezdlar taklif qilmoqda. Bu haqda kompaniya vakiliga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, ayni paytda kompaniya O‘zbekiston bilan ikki yo‘nalishda hamkorlik qilmoqda – sanoat korxonalariga teplovozlar, vagonlar hamda ularning butlovchi qismlarini yetkazmoqda, shuningdek, Toshkent metropoliteni parkini ta'minlash masalasida ish olib bormoqda.

“O‘zbekistonda temir yo‘l transportini kengaytirish bo‘yicha keng miqyosli dastur qabul qilindi va biz ular bilan o‘z ishtirokimiz masalasini muhokama qilmoqdamiz. Kompaniya bu yo‘nalishda yaxshi ishlanmalarga ega, 2 yil muqaddam O‘zbekistondagi teplovozlarga 90 dona dizel dvigatellari yetkazib berilgan edi”, - ta'kidladi agentlik suhbatdoshi.

Top