13:12 / 12.11.2015
14886

Afg‘onistonning MDH bilan chegaralariga 4,5 ming jangari to‘plangan

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi chegara mahkamasi hamdo‘stlikning Afg‘oniston bilan tutash tashqi chegaralaridagi murakkab vaziyatdan xavotirda. Bu haqda MDH davlatlari chegara qo‘shinlari qo‘mondonlik kengashining muvofiqlashtiruvchi xizmati vakili Aleksandr Manilov ma'lum qildi.

“Barcha MDH davlatlarining chegara mahkamalari rahbariyati nafaqat bizning tashqi chegaralarimiz atrofida, balki Suriya va boshqa mamlakatlarda IShID va boshqa terroristik guruhlar jangarilarining faolligi oshganidan xavotirda”, - deydi Manilov Ostonada bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari chegara mahkamalarining 74- majlisi doirasida tashkil etilgan brifingda.

“Hisob-kitoblarga ko‘ra, MDH davlatlarining Afg‘oniston bilan bevosita chegaralari yaqinida 4,5 ming terrorist to‘plangan”,- deya axborot berdi u. Manilov so‘zlariga ko‘ra, MDH davlatlari chegaralarini mustahkamlash maqsadida bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Tojikiston va Qirg‘izistonga chegaralarni mustahkamlash uchun ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Top